10-dekabr kuni valyutalar kursi qanday qiymatda bo‘ladi

Foto: Boku.ws
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Markaziy bank tomonidan 10-dekabr uchun valyutalar kursi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, AQSh dollari 12 003,18 so‘m etib belgilandi va avvalgi ko‘rsatkichga nisbatan 13,09 so‘mga oshdi.

Yevro kursi 13 987,31 so‘mni tashkil etdi. Kunlik o‘sish 12,86 so‘m bo‘ldi. Rossiya rubli esa pasaydi va 156,68 so‘mga tenglashdi. Rubldagi kamayish 1,27 so‘mni tashkil qildi.

Britaniya funt sterlingi 16 020,64 so‘m etib belgilandi va 18,67 so‘mga qimmatlashdi. Yapon iyenasi 76,91 so‘mga tushdi va 0,49 so‘m pasayishni qayd etdi.

Shveysariya franki eng katta kamayishlardan birini ko‘rsatdi. Uning kursi 14 897,83 so‘m bo‘lib, 39,37 so‘mga arzonlashdi. Xitoy yuani esa 1 699,18 so‘m etib belgilandi va 3,1 so‘mga oshdi.

Qaynoq24.uz 9-dekabr kuni oltin quymalar qanday narxda sotilgani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.