Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 10-fevral kuni dollar kursi 17,18 so‘mga oshib, 12 320,34 so‘mni tashkil etdi. Yevro kursi keskin ko‘tarilib, 106,5 so‘mga o‘sdi va 14 614,39 so‘mga yetdi.
Rossiya rubli esa pasayishda davom etdi. Bugun rubl 0,4 so‘mga arzonlashib, 159,36 so‘m bo‘ldi. Britaniya funti 51,66 so‘mga qimmatlashdi va 16 756,89 so‘m darajasida belgilandi.
Yaponiya iyenasi 0,31 so‘mga oshib, 78,65 so‘mni tashkil etdi. Shveysariya franki esa sezilarli o‘sishni ko‘rsatdi. U 144,99 so‘mga qimmatlashib, 15 948,66 so‘mga yetdi.
Xitoy yuani ham o‘sishda bo‘lib, 6,19 so‘mga ko‘tarildi va 1 779,26 so‘m etib belgilandi.
| Valyuta | Kurs | O‘zgarish |
|---|---|---|
| USD | 12 320,34 so‘m | +17,18 |
| EUR | 14 614,39 so‘m | +106,5 |
| RUB | 159,36 so‘m | −0,4 |
| GBP | 16 756,89 so‘m | +51,66 |
| JPY | 78,65 so‘m | +0,31 |
| CHF | 15 948,66 so‘m | +144,99 |
| CNY | 1 779,26 so‘m | +6,19 |
Qaynoq24.uz 9-fevral kuni oltin quymalari qanday narxda sotilishi haqida yozgan edi.

