O‘zbekiston hududida 10-fevralda ob-havo o‘zgaruvchan bo‘lib, o‘plab viloyatlarda yomg‘ir yog‘adi. Bu haqda O‘zgidromet xabar bermoqda.
Toshkent shahrida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. G‘arbiy shamol 3–8 m/s tezlikda esadi, ayrim paytlarda 14 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 8–10°, kunduzi 14–16° iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida yomg‘ir va qor aralash yog‘ingarchilik kuzatiladi. Ayrim hududlarda shamol 18–23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Kechasi havo 2° sovuqdan 10° iliqqacha, kunduzi 7–17° iliq bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida yomg‘ir yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Shamol kuchayadi. Harorat kechasi 5–10°, kunduzi 12–17° bo‘ladi. Qashqadaryo va Surxondaryoda ham yomg‘ir kutiladi. Shamol ayrim joylarda 23 m/s gacha kuchayadi. Kechasi 7–12°, kunduzi 14–19° iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida kechasi va ertalab qisqa yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol kuchsizroq bo‘ladi. Harorat kechasi 2–7°, kunduzi 10–15° iliq bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda yomg‘ir va qor yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Kechasi 2° sovuqdan 3° iliqqacha, kunduzi 2–7° iliq bo‘ladi.

