Markaziy bank tomonidan 11-dekabr kungi oltin quymalarining narxlari e’lon qilindi. Unga ko‘ra, 5 grammli quymaning narxi 8 million 348 ming so‘m etib belgilandi.
10 grammli quymaning bahosi 16 million 695 ming so‘mni tashkil qildi. 20 grammli oltin quymasining narxi 33 million 390 ming so‘m bo‘lib, 50 grammli quymaning bugungi kun uchun sotuv bahosi 83 million 476 ming so‘mni tashkil etdi. Eng katta og‘irlikdagi, ya’ni 100 grammli quymaning narxi esa 166 million 951 ming so‘m deb belgilandi.
Oltinning golbal bozordagi narxi qanday
Jahon bozorida oltin narxi yana ko‘tarildi. Bugungi savdo yakunlariga ko‘ra, bir unsiya oltin 4 215,51 dollarni tashkil etib, kun davomida 18,75 dollarga yoki 0,45 foizga oshdi. Kumush ham ijobiy dinamikani qayd etdi — bir unsiya uchun narx 61 96,00 dollar atrofida shakllanib, kunlik o‘sish 1,39 dollarni, foiz hisobida esa 2,30 foizni tashkil qildi. Mutaxassislar fikricha, bozor faolligi global iqtisodiy noaniqliklar va xavfsiz aktivlarga talabning ortishi bilan bog‘liq.
Oltin narxining qisqa va uzoq muddatli o‘zgarishlariga nazar tashlaganda, bugungi kun ichidagi ko‘tarilish 18,59 dollar yoki 0,44 foizni tashkil etdi. So‘nggi 30 kunlik dinamikada esa oltin qiymati 10,24 dollarga pasaygan. Yarim yillik davrda narx 817,30 dollarlik sezilarli o‘sishni qayd etib, 24,18 foizga ko‘tarilgan. Bir yil ichida o‘zgarish yanada keskin — narx 1 511,38 dollarga oshib, 56,28 foizlik o‘sishga erishilgan. So‘nggi besh yilda oltin 2 369,12 dollarga, yigirma yillik kesimda esa 3 662,86 dollarga ko‘tarilib, umumiy o‘sish mos ravishda 129,63 va 686,07 foizni tashkil qilgan.
Qaynoq24.uz 11-dekabr kuni xorijiy valyutalar qanday qiymatda bo‘lishi haqida yozgan edi.

