11-dekabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi

Foto: UzReport
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

O‘zbekistonda 11-dekabr kuni ob-havo soviq va nam bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet xabar bermoqda.

11-dekabr kuni Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi 0–2 daraja, kunduzi 12–14 daraja iliq bo‘ladi. Qoraqalpog‘iston va Xorazmda yomg‘ir va qor yog‘adi, shamol ayrim joylarda kuchayadi, harorat kechasi 0–5 daraja iliq, ba’zi hududlarda 3 daraja sovuq, kunduzi 5–10 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiyda ba’zan yomg‘ir yog‘ib, tuman tushishi mumkin, harorat kechasi 2–7 daraja, kunduzi 13–18 daraja iliq bo‘ladi. Toshkent, Sirdaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi, kechasi 0–5 daraja, kunduzi 12–17 daraja iliq bo‘ladi. Qashqadaryo va Surxondaryoda havo o‘zgaruvchan, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi, kechasi 2–7 daraja, kunduzi 16–21 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘onada yog‘ingarchilik bo‘lmaydi, tuman tushishi mumkin, harorat kechasi 3 daraja sovuqdan 2 daraja iliqqacha, kunduzi 5–10 daraja iliq bo‘ladi. Respublikaning tog‘li hududlarida yomg‘ir va qor yog‘ib, tuman kuzatiladi, harorat kechasi va kunduzi 2–7 daraja sovuq bo‘ladi.

Qaynoq24.uz “Qamchiq” dovoni qayta ochilgani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.