11-fevral kuni oltin quymalari qanday narxlarda sotiladi

Foto: Pexels
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Markaziy bank tomonidan 11-fevral uchun oltin quymalarining narxlari e’lon qilindi. Unga ko‘ra, 5 grammli quyma 10 298 000 so‘mga sotilmoqda. Bank qadog‘i but holatda qaytarib olayotganda 9 898 000 so‘m to‘laydi. Agar qadoq buzilgan yoki texnik talablarga mos kelmasa, ekspertizadan so‘ng 9 798 000 so‘m narx belgilanadi.

10 grammli quyma narxi 20 595 000 so‘mni tashkil etdi. Uni qayta sotishda qadoq but bo‘lsa 19 795 000 so‘m, nosoz holatda esa 19 595 000 so‘m to‘lanadi.

20 grammli oltin quyma 41 190 000 so‘mdan sotilmoqda. Bank uni but qadoqda 39 591 000 so‘mga, talabga mos kelmasa 39 191 000 so‘mga qabul qiladi.

50 grammli quymaning sotish narxi 102 976 000 so‘m. Qadoq saqlangan bo‘lsa 98 977 000 so‘m, buzilgan holatda 97 977 000 so‘mdan qayta sotib olinadi.

Eng yirik 100 grammli quyma 205 952 000 so‘mga baholandi. Bank qayta sotib olishda qadoq but bo‘lsa 197 954 000 so‘m, texnik talabga mos kelmasa 195 954 000 so‘m to‘laydi.

Qaynoq24.uz 11-fevral kuni valyutalar kursi qanday qiymatda bo‘lishi haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.