11-mart kuni qanday ob-havo kuzatiladi

Foto: Dook travels
Mohinur Rajabova
2 Daqiqa o‘qish

O‘zbekiston hududlarida 11-mart kuni ob-havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Bu haqda O‘zgidromet agentligi ma’lum qildi.

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Kechasi biroz qor yog‘ishi mumkin, kunduz kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan sharqqa yo‘nalishini o‘zgartirib, 3–8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 1–3 daraja sovuq, kunduzi 2–4 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi, ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7–10 daraja sovuq, Ustyurt hududida 11–13 daraja sovuq bo‘ladi. Kunduzi esa 0–5 daraja iliq kuzatiladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham yog‘ingarchilik kutilmaydi, ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi, ayrim hududlarda 13–18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0–5 daraja sovuq, Navoiy viloyatining cho‘l hududlarida 5–10 daraja sovuq bo‘ladi. Kunduzi 2–7 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida kechasi ayrim joylarda yomg‘ir yoki qor ko‘rinishida biroz yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0–3 daraja sovuq, kunduzi 2–5 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat Qashqadaryoda kechasi ayrim joylarda biroz yomg‘ir yoki qor yog‘ishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 9–14 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuqdan 2 daraja iliqqacha, kunduzi 5–10 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida kechasi ayrim joylarda biroz yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi, ayrim hududlarda 15–20 m/s gacha kuchayishi, ba’zi joylarda esa 22–25 m/s gacha yetishi mumkin. Harorat kechasi 3 daraja sovuqdan 2 daraja iliqqacha, kunduzi 1–6 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida ayrim joylarda, asosan qor ko‘rinishida yog‘ingarchilik kuzatiladi. Ba’zi joylarda yog‘ingarchilik kuchli bo‘lishi mumkin. Tuman tushishi ehtimoli ham bor. Sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkin, tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi saqlanib qoladi. Harorat kechasi 10–15 daraja sovuq, kunduzi 0–5 daraja sovuq bo‘lishi kutilmoqda.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.