Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar–noyabr oylarida 15 259 nafar O‘zbekiston fuqarosi turistik maqsadlarda AQShga safar qilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,2 ming nafarga ko‘p.
Safar qilganlarning aksariyati sayohat maqsadida AQShga borgan. Xususan, 10 841 nafar fuqaro sayohat uchun safar qilgan bo‘lsa, 3 750 nafari qarindoshlarini yo‘qlashni maqsad qilgan. Shuningdek, 333 nafar fuqaro o‘qish, 307 nafari xizmat yuzasidan, 28 nafari esa davolanish uchun AQShga borgan.
Qaynoq24.uz O‘zbekistonga o‘qish uchun kelayotgan xorijliklar soni qanchaligi haqida yozgan edi.

