11 oyda 27,7 trillion so‘mlik ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari bajarildi

Foto: Unsplash
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

2025 yilning yanvar–noyabr oylarida O‘zbekistonda ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari hajmi 27,7 trillion so‘mni tashkil etgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Hududlar kesimida eng katta ulush Toshkent shahriga to‘g‘ri kelgan. Poytaxtda ushbu davrda 13,1 trillion so‘mlik ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari amalga oshirilgan. Toshkent viloyatida bu ko‘rsatkich 4,2 trillion so‘mni tashkil etgan.

Qashqadaryo viloyatida 2,3 trillion so‘mlik, Namangan viloyatida 1,6 trillion so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan. Buxoro viloyatida ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari hajmi 1,3 trillion so‘mga, Farg‘ona viloyatida esa 1,2 trillion so‘mga teng bo‘lgan.

Andijon viloyatida 728,1 milliard so‘mlik, Samarqand viloyatida 626 milliard so‘mlik va Qoraqalpog‘iston Respublikasida 614,9 milliard so‘mlik qurilish ishlari qayd etilgan. Surxondaryo viloyatida ushbu ko‘rsatkich 548,7 milliard so‘mni, Navoiy viloyatida 478,6 milliard so‘mni tashkil qilgan.

Jizzax viloyatida 463,5 milliard so‘mlik, Xorazm viloyatida 402,8 milliard so‘mlik ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari bajarilgan. Eng past ko‘rsatkich Sirdaryo viloyatida kuzatilib, u yerda 240,1 milliard so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirilgan.

Qaynoq24.uz O‘zbekistonga o‘qish uchun kelayotgan xorijliklar soni haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.