12-fevralda oltin quymalari qanday qiymatda bo‘ladi

Foto: Unsplash
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Markaziy bank tomonidan 12-fevral uchun oltin quymalarining narxlari e’lon qilindi. Unga ko‘ra, 5 grammli oltin quyma sotish narxi 10 mln 334 ming so‘m etib belgilandi. Uni qayta sotib olish narxi qadoq but holatda 9 mln 933 ming so‘mni tashkil qiladi. Agar qadoq buzilgan yoki texnik talablarga mos kelmasa, ekspertizadan so‘ng 9 mln 833 ming so‘mga qabul qilinadi.

10 grammli quyma 20 mln 669 ming so‘mdan sotilmoqda. Qadoq but holatda qaytarib sotib olish narxi 19 mln 866 ming so‘m. Qadoq buzilgan holatda esa 19 mln 666 ming so‘m etib belgilangan.

20 grammli oltin quyma 41 mln 338 ming so‘mga taklif qilinmoqda. Markaziy bank uni but qadoqda 39 mln 733 ming so‘mdan, qadoq talabga javob bermasa 39 mln 331 ming so‘mdan qabul qiladi.

50 grammli quyma sotish narxi 103 mln 345 ming so‘mni tashkil etdi. Qayta sotib olish narxi mos ravishda 99 mln 332 ming va 98 mln 328 ming so‘m etib belgilangan.

100 grammli oltin quymaning sotish narxi 206 mln 690 ming so‘mga teng. Uni qadoq but holda 198 mln 663 ming so‘mdan, qadoq buzilgan holatda 196 mln 656 ming so‘mdan qabul qilish rejalashtirilgan.

Qaynoq24.uz 12-fevral uchun valyuta;lar kursi e’lon qilingani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.