Markaziy bank tomonidan 12-mart uchun oltin quymalarining narxlari e’lon qilindi. Unga ko‘ra, 5 grammli oltin quyma 10,4 mln so‘mdan sotilmoqda.
Uni bankka qayta topshirish narxi qadog‘i but bo‘lsa 10 mln so‘m, qadoq buzilgan yoki texnik talablarga mos kelmasa 9,9 mln so‘mni tashkil etadi.
10 grammli oltin quyma 20,9 mln so‘mdan sotilmoqda. Markaziy bank uni qadog‘i but bo‘lgan holatda 20,1 mln so‘mdan qayta sotib oladi. Qadoq shikastlangan bo‘lsa, narx 19,9 mln so‘m atrofida bo‘ladi.
20 grammli oltin quyma 41,7 mln so‘mdan taklif qilinmoqda. Uni bankka qayta topshirish narxi qadoq but bo‘lsa 40,1 mln so‘m, qadoq buzilgan holatda esa 39,7 mln so‘mni tashkil etadi. 50 grammli oltin quyma narxi 104,3 mln so‘m etib belgilangan. Markaziy bank uni qadoq but bo‘lsa 100,3 mln so‘mdan, qadoq buzilgan bo‘lsa 99,3 mln so‘mdan sotib oladi.
100 grammli oltin quyma 208,7 mln so‘mdan sotilmoqda. Bank uni qadoq but bo‘lsa 200,6 mln so‘mdan, qadoq shikastlangan bo‘lsa 198,5 mln so‘mdan qayta sotib oladi.
Jadval:
| Og‘irligi | Sotish narxi | Qaytarib sotib olish (qadog‘i but) | Qaytarib sotib olish (qadog‘i buzilgan) |
|---|---|---|---|
| 5 gramm | 10 433 000 so‘m | 10 028 000 so‘m | 9 926 000 so‘m |
| 10 gramm | 20 865 000 so‘m | 20 055 000 so‘m | 19 852 000 so‘m |
| 20 gramm | 41 731 000 so‘m | 40 110 000 so‘m | 39 705 000 so‘m |
| 50 gramm | 104 327 000 so‘m | 100 275 000 so‘m | 99 262 000 so‘m |
| 100 gramm | 208 654 000 so‘m | 200 550 000 so‘m | 198 525 000 so‘m |
Markaziy bank qayd etishicha, xalqaro qimmatbaho metallar bozori kon’yunkturasidan kelib chiqib, oltin quymalari narxi kun davomida qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.
Qaynoq24.uz 12-mart uchun valyutaklar kursi e’lon qilingani haqida yozgan edi.

