13-fevral uchun ob-havo prognozi e’lon qilindi. Respublikaning aksariyat hududlarida yog‘ingarchilik kuzatiladi.
Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5–10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5–7 daraja iliq, kunduzi 10–12 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston va Xorazmda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda tuman tushadi. Shamol shimoli-sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Kechasi 2–7 daraja sovuq bo‘ladi. Ustyurtda 10–12 daraja sovuq kuzatiladi. Kunduzi 0–5 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarda tuman tushadi. Shamol shimoli-sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0–5 daraja iliq bo‘ladi. Kunduzi 10–15 daraja iliq kuzatiladi. Cho‘l hududlarda kechasi 0–5 daraja sovuq bo‘ladi.
Toshkent viloyati, Sirdaryo, Jizzax va Samarqandda yomg‘ir yog‘adi. Ayrim hududlarda yog‘in kuchli bo‘ladi. Ba’zi joylarda tuman tushadi. Shamol g‘arbdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3–8 daraja iliq, kunduzi 10–15 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryoda ham yog‘ingarchilik kuzatiladi. Ayrim hududlarda kuchli yomg‘ir yog‘adi. Tuman tushishi mumkin. Shamol yo‘nalishini o‘zgartirib sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5–10 daraja iliq, kunduzi 13–18 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘onada yomg‘ir yog‘adi. Ayrim joylarda yog‘in kuchli bo‘ladi. Tuman tushadi. Shamol g‘arbdan 5–10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2–7 daraja iliq, kunduzi 7–12 daraja iliq bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda yomg‘ir va qor yog‘adi. Ba’zi joylarda yog‘in kuchli bo‘ladi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Sel va suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkin. Kechasi 0–5 daraja sovuq bo‘ladi. Kunduzi 0–5 daraja iliq saqlanadi.
Qaynoq24.uz 12-fevral kuni qanday ob-havo kuzatilishi haqida yozgan edi.

