13-yanvarga ob-havo prognozi e’lon qilindi

Foto: Pexels
Jonibek Juraqulov
2 Daqiqa o‘qish

O‘zbekiston hududida 13-yanvar kuni ob-havo asosan o‘zgaruvchan bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim hududlarda tuman tushishi mumkin.

Toshkent shahrida yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi. Shamol sharqdan 3–8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3–5 daraja iliq, kunduzi 14–16 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ba’zi joylarda tuman tushishi ehtimoli bor. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esib, ayrim hududlarda 13–18 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 0–5 daraja iliq, kunduzi 7–12 daraja iliq bo‘ladi. Ustyurt hududida esa kechasi 0–5 daraja sovuq, kunduzi 0–5 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kuzatilmaydi, ayrim joylarda tuman tushadi. Shamol tezligi 7–12 m/s, ba’zi hududlarda 18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3–8 daraja iliq, kunduzi 15–20 daraja iliq, cho‘l hududlarda 9–14 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida ham yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 1–6 daraja iliq, kunduzi 13–18 daraja iliq bo‘ladi. Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3–8 daraja iliq, kunduzi 15–20 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida ayrim hududlarda tuman tushadi. Shamol sharqdan 5–10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 daraja sovuqdan 3 daraja iliqqacha, kunduzi 7–12 daraja iliq bo‘lishi prognoz qilinmoqda.

Respublikaning tog‘li hududlarida ham yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esib, ayrim joylarda 18 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuqdan 2 daraja iliqqacha, kunduzi 7–12 daraja iliq bo‘ladi.

Qaynoq24.uz O‘zbekistonda 10-yanvar kuni qanday ob-havo kuzatilishi haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.