15 ming dollar pora talab qilgan sudya qo‘lga olindi

Foto: Unsplash
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Andijonda 15 ming dollar pora talab qilgan sudya qo‘lga olindi. Bu haqda DXX xabar bermoqda.

Hakamlik sudi sudyasi ikki nafar andijonlik fuqaroni Janubiy Koreyaga mavsumiy ishchi sifatida yuborib berishni va’da qiladi. U bu ishni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali hal qilib berishini aytib, 15 ming AQSH dollari talab qiladi. Ishni tezlatib berish bahonasida oldindan 4,1 ming AQSH dollarini “avans” sifatida oladi.

Foto: «Xavfsizlik»

Ammo u bergan va’dasini bajara olmaydi. Fuqarolarga qaytarib berilishi lozim bo‘lgan pullarning bir qismini topshirayotgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan dalillar bilan ushlandi.

Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Sudning qaroriga ko‘ra, u qamoq ehtiyot chorasi bilan qamalgan.

Avvalroq Qaynoq24.uz nashri Andijonda narkolaboratoriya tashkil qilgan shaxs qo‘lga olingani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.