15-yanvar kuni qanday ob-havo kuzatiladi

Foto: Pexels
Jonibek Juraqulov
2 Daqiqa o‘qish

O‘zbekiston bo‘yicha 15-yanvar kuni ob-havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Bu haqda O‘zgidromet agentligi xabar bermoqda.

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘lib, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 6-8° iliq, kunduzi esa 11-13° iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ham havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yoki qor yog‘ishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda esa 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilyapti. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi esa 0-5° iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham havo o‘zgaruvchan bo‘lib, ba’zi joylarda yomg‘ir yoki qor yog‘ishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda esa 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi esa 5-10° iliq bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘lib, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda esa 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 4-9° iliq, kunduzi esa 10-15° iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘lib, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi esa 8-13° iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2° sovuqdan 3° iliq gacha, kunduzi esa 5-10° iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida ham havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yoki qor yog‘ishi kutilyapti. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda esa 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2° sovuqdan 3° iliq gacha, kunduzi esa 4-9° iliq bo‘ladi.

Qaynoq24.uz nashri hafta so‘nggida sovuq havo oqimi kirib kelishi haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.