Markaziy bank tomonidan 16-dekabr uchun valyutalar kurslari e’lon qilindi. Unga ko‘ra, AQSh dollari 32 so‘mga oshib, 12 130,01 so‘mni tashkil etdi.
Yevro kursi 50,98 so‘mga ko‘tarilib, 14 245,48 so‘m etib belgilandi. Rossiya rubli ham o‘sish qayd etib, 1,27 so‘mga qimmatlashdi va 153,04 so‘mga yetdi.
Buyuk Britaniya funt sterlingi 49 so‘mga oshib, 16 239,66 so‘mni tashkil qildi. Yapon iyenasi 0,67 so‘mga ko‘tarilib, 78,28 so‘m etib belgilandi. Shveysariya franki esa 15,44 so‘mga qimmatlashib, 15 234,88 so‘mni tashkil etdi.
Shuningdek, Xitoy yuani ham o‘sish ko‘rsatib, 6,62 so‘mga ko‘tarildi va 1 721,25 so‘m darajasida qayd etildi.
Qaynoq24.uz 15-dekabr kuni oltin quymalari qanday narxda sotilishi haqida yozgan edi.

