16-fevral kuni oltin quymalari qanday narxda sotiladi

Foto: Reuters
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Markaziy bank tomonidan 16-fevral uchun oltin quymalarining narxlari e’lon qilindi. Eng kichik 5 grammli quyma 10 100 000 so‘mdan sotilmoqda. Qaytarib sotib olish narxi qadog‘i but holatda 9 708 000 so‘m etib belgilangan. Qadog‘i buzilgan yoki texnik talablarga mos kelmaydigan holatda esa 9 610 000 so‘m to‘lanadi.

10 grammli quyma 20 201 000 so‘mga sotilmoqda. Uni qayta sotishda bank 19 416 000 so‘m taklif qiladi. Qadog‘i shikastlangan bo‘lsa, 19 220 000 so‘m to‘lanadi.

20 grammli oltin quyma narxi 40 401 000 so‘m. Qayta sotib olish narxi 38 832 000 so‘mni tashkil etadi. Texnik talablarga mos kelmaganda 38 440 000 so‘m to‘lanadi.

50 grammli quymaning sotish narxi 101 003 000 so‘m. Bank uni 97 081 000 so‘mga qaytarib oladi. Qadoq shikastlangan bo‘lsa, narx 96 100 000 so‘mni tashkil qiladi.

100 grammli oltin quyma 202 006 000 so‘mdan sotilmoqda. Qaytarib sotib olish narxi 194 162 000 so‘m. Qadog‘i buzilgan holatda 192 200 000 so‘m to‘lanadi.

Markaziy bank xalqaro qimmatbaho metallar bozori kon’yunkturasidan kelib chiqib, narxlar kun davomida qayta ko‘rib chiqilishi mumkinligini eslatgan.

Qaynoq24.uz 16-fevral uchun valyutalar kursi e’lon qilingani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.