Markaziy bank tomonidan 16-yanvar uchun oltin quymalarining narxlari e’lon qilindi. Unga ko‘ra, 5 grammli oltin quymaning sotish narxi 9 mln 163 ming so‘mni tashkil etadi. Ushbu quymaning qadog‘i but holatda qaytarib sotib olish narxi 8 mln 807 ming so‘m, qadoq buzilgan yoki texnik talablarga mos kelmaydigan holatda esa 8 mln 718 ming so‘m qilib belgilangan.
10 grammli oltin quymasi 18 mln 325 ming so‘mdan sotilmoqda. Uni qaytarib sotib olish narxi qadog‘i but bo‘lsa 17 mln 614 ming so‘m, qadog‘i buzilgan holatda esa 17 mln 436 ming so‘mni tashkil etadi.
20 grammli oltin quymaning sotish narxi 36 mln 651 ming so‘m etib belgilangan. Markaziy bank bu quymani qadog‘i but holda 35 mln 227 ming so‘mdan, qadoq buzilgan holatda esa 34 mln 872 ming so‘mdan qaytarib sotib oladi.
50 grammli oltin quymasi 91 mln 627 ming so‘mga sotilmoqda. Uni qaytarib sotib olish narxi qadog‘i but bo‘lsa 88 mln 068 ming so‘m, qadoq buzilgan holatda esa 87 mln 179 ming so‘m etib belgilangan.
Eng yirik, 100 grammli oltin quymaning sotish narxi 183 mln 253 ming so‘mni tashkil qiladi. Qadog‘i but holatda qaytarib sotib olish narxi 176 mln 137 ming so‘m, qadoq buzilgan yoki texnik talabga mos kelmaydigan holatda esa 174 mln 358 ming so‘m etib belgilandi.
Qaynoq24.uz 16-yanvar uchun valyutalar kursi belgilangani haqida yozgan edi.

