17-dekabr kuni oltin quymalari qanday narxda sotiladi

Foto: Apmex
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Markaziy bank tomonidan 17-dekabr uchun oltin quymalarining narxi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, 5 grammli oltin quymasining sotish narxi 8 million 685 ming so‘mni tashkil etmoqda.

10 grammli oltin quymasi 17 million 370 ming so‘m, 20 grammli quymaning narxi esa 34 million 740 ming so‘m etib belgilangan.

Shuningdek, 50 grammli oltin quymasi 86 million 849 ming so‘m, 100 grammli oltin quymasi esa 173 million 698 ming so‘mdan sotilmoqda.

Global bozorda oltin narxi

AQSh dollarida hisoblanganda, oltinning bir unsiyasi 4 330,32 dollarni tashkil etdi. Kunlik o‘sish 24,43 dollar, ya’ni 0,57 foizni tashkil qilgan.

Shuningdek, kumush narxi ham ijobiy dinamikani namoyish etdi. Bir unsiya kumush 66,04 dollarga yetib, bir kun ichida 2,55 dollar yoki 4,01 foizga qimmatlashdi.

Oltin narxining uzoq muddatli ko‘rsatkichlari ham sezilarli o‘sishni ko‘rsatmoqda. Oxirgi 30 kun ichida oltin 240 dollarga, so‘nggi olti oyda esa 915 dollardan ortiq qimmatlashgan. Bir yil davomida oltin narxi 63 foizdan ko‘proq, besh yilda esa 128 foizga oshgan. So‘nggi 20 yil ichida oltin qiymati qariyb 8 barobarga ko‘tarilgan.

Qaynoq24.uz 16-dekabr kuni oltin quymalari qanday narxda sotilgani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.