17-fevral 2026 holatiga ko‘ra, Markaziy bank oltin quymalari bo‘yicha yangi narxlarni belgiladi. Narxlar og‘irlikka qarab farqlanadi. 5 grammli quymaning sotish narxi 10 061 000 so‘m etib belgilandi. Qaytarib sotib olish narxi 9 670 000 so‘m. Agar qadog‘i buzilgan yoki texnik talablarga mos kelmasa, ekspertizadan so‘ng 9 573 000 so‘mga olinadi.
10 grammli quymaning sotish narxi 20 122 000 so‘mni tashkil etdi. Bank uni 19 341 000 so‘mdan qayta sotib oladi. Qadoq shikastlangan holatda narx 19 145 000 so‘m bo‘ladi.
20 grammli oltin 40 244 000 so‘mdan sotilmoqda. Qayta sotib olish narxi 38 681 000 so‘m. Texnik talabga mos kelmasa 38 291 000 so‘m etib belgilanadi.
50 grammli quymaning sotish narxi 101 611 000 so‘m. Bank uni 96 703 000 so‘mga qaytarib oladi. Qadoq shikastlangan bo‘lsa, 95 727 000 so‘m to‘lanadi.
100 grammli oltin quymasi 201 221 000 so‘mdan sotuvda. Qaytarib sotib olish narxi 193 407 000 so‘m. Texnik talablarga mos kelmagan holatda 191 453 000 so‘m beriladi.
Markaziy bank ma’lum qilishicha, xalqaro qimmatbaho metallar bozori kon’yunkturasidan kelib chiqib, narxlar kun davomida qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.
Qaynoq24.uz 17-fevral uchun valyutalar kursi e’lon qilingani haqida yozgan edi.

