O‘zgidromet 17-yanvar uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. Unga ko‘ra, bir nechta hududda qor yog‘ishi kutilmoqda.
Toshkent shahrida va ayrim hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi, tuman tushishi mumkin. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida hamda tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qor yog‘adi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo hamda Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik kuzatilishi mumkin. Shamol asosan sharqdan 3–12 m/s tezlikda esadi. Harorat Qoraqalpog‘iston va Xorazmda kechasi 2–7° sovuq, kunduzi 2° sovuq–3° iliq, Buxoro va Navoiyda kechasi 0–5° sovuq, kunduzi 0–5° iliq bo‘ladi.
Markaziy viloyatlarda harorat kechasi va kunduzi 0–5° iliqni tashkil etadi. Qashqadaryo va Surxondaryoda kechasi 2° sovuq–3° iliq, kunduzi 2–7° iliq bo‘ladi. Andijon, Namangan va Farg‘onada kechasi 2° sovuq–3° iliq, kunduzi 0–5° iliq, tog‘li hududlarda esa kechasi va kunduzi 0–5° sovuq saqlanadi.
Qaynoq24.uz 16-yanvar kuni qanday ob-havo kuzatilishi haqida yozgan edi.

