18-dekabr kuni oltin quymalari qanday narxda sotiladi

Foto: Investopedia
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Markaziy bank tomonidan 18-dekabr uchun oltin quymalarining narxlari e’lon qilindi. Unga ko‘ra, 5 grammli oltin quymaning sotuv narxi 8 million 703 ming so‘mni tashkil etmoqda.

10 grammli quymalar 17 million 407 ming so‘mdan taklif qilinmoqda.

Shuningdek, 20 grammli oltin quymalar 34 million 813 ming so‘m etib belgilangan. 50 grammli quymaning sotuv narxi 87 million 33 ming so‘mga teng. Eng yirik — 100 grammli o‘lchovli oltin quymaning narxi esa 174 million 65 ming so‘mni tashkil qilmoqda.

Oltinning global bozorda narxi qanday

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, oltinning bir unsiya uchun narxi 4 334,99 AQSh dollarini tashkil etdi. Kunlik savdolarda oltin qiymati 6,59 dollarga, ya’ni 0,15 foizga arzonladi.

Kumush bozorida ham shunga o‘xshash holat kuzatildi. Kumushning bir unsiyasi 66,39 AQSh dollari atrofida baholanib, bir kun ichida 0,24 dollarga yoki 0,37 foizga pasaydi.

Shu bilan birga, uzoq muddatli dinamikaga nazar tashlansa, oltin narxlarida barqaror o‘sish saqlanib qolmoqda. Oxirgi 30 kun ichida oltin 259,75 dollarga yoki 6,36 foizga qimmatlashgan. Olti oyda o‘sish 967,80 dollarni, bir yil davomida esa 1 746,82 dollar, ya’ni 67 foizdan ortiqni tashkil etdi.

Qaynoq24.uz 18-dekabr kuni valyutalar qanday qiymatda bo‘lishi haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.