18-dekabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi

Foto: Ijtimoiy tarmoq
Jonibek Juraqulov
2 Daqiqa o‘qish

O‘zbekistonda 18-dekabr kuni ob-havo o‘zgaruvchan bo‘lib, ayrim hududlarda qor ko‘chish xavfi mavjud. Bu haqda O‘zgidromet xabar bermoqda.

Toshkent shahrida havo bulutli bo‘lib, yomg‘ir yog‘ishi, ayrim paytlarda yog‘ingarchilik qorga aylanishi kutilmoqda. Shamol g‘arbdan 3–8 metr/soniya tezlikda esadi. Havo harorati kechasi va kunduzi 0–2 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim hududlarda tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbiy yo‘nalishdan sharqqa o‘zgarib, 7–12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi 5–10 daraja sovuq, Ustyurt hududida ayrim joylarda 13–18 daraja sovuqqacha pasayadi. Kunduzi esa 2 daraja sovuqdan 3 daraja iliqqacha bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘lib, kechasi va ertalab ayrim joylarda yomg‘ir va qor yog‘ishi mumkin. Ba’zi hududlarda tuman kuzatiladi. Shamol g‘arbdan sharqqa o‘zgarib, 7–12 metr/soniya tezlikda esadi. Havo harorati kechasi 0–5 daraja sovuq, kunduzi esa 0–5 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarida o‘zgaruvchan ob-havo kuzatilib, yomg‘ir yog‘ishi, ayrim joylarda yog‘ingarchilik qorga aylanishi mumkin. Ba’zi hududlarda tuman tushadi. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 0–5 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘lib, yomg‘ir yog‘ishi, ayrim joylarda qor yog‘ishi mumkin. Tuman tushishi ehtimoli bor. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/soniya tezlikda esib, ayrim joylarda 13–18 metr/soniyagacha kuchayadi. Harorat kechasi 0–5 daraja iliq, kunduzi esa 2–7 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida ham o‘zgaruvchan ob-havo saqlanib, yomg‘ir yog‘ishi va ayrim joylarda qorga aylanishi kutilmoqda. Ba’zi hududlarda tuman tushadi. Shamol g‘arbdan 5–10 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi 0–5 daraja iliq, kunduzi 2–7 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi, ayrim joylarda yog‘ingarchilik kuchli bo‘lishi mumkin. Tuman tushishi ehtimoli bor. Qor ko‘chishi xavfi saqlanib qoladi. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi. Havo harorati kechasi va kunduzi 0–5 daraja sovuq bo‘ladi.

Qaynoq24.uz 17-dekabr kuni qanday ob-havo kuzatilishi haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.