Markaziy bank tomonidan 18-dekabr uchun valyutalar kursi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, AQSh dollari 12 059,78 so‘m darajasida qayd etilib, avvalgi ko‘rsatkichga nisbatan 45,78 so‘mga arzonlashdi.
Yevro kursi 14 129,24 so‘mni tashkil etib, 103,27 so‘mga pasaydi. Rossiya rubli ham qadrsizlanib, 150,07 so‘m darajasida belgilandi va 2,49 so‘mga arzonlashdi.
Buyuk Britaniya funti 16 070,86 so‘m bo‘lib, 162,7 so‘mlik pasayishni ko‘rsatdi. Yaponiya iyenasi 77,54 so‘m darajasida qayd etilib, 0,64 so‘mga tushdi.
Shuningdek, Shveysariya franki 15 114,40 so‘mni tashkil etib, 95,5 so‘mga, Xitoy yuani esa 1 711,94 so‘m bo‘lib, 7,18 so‘mga arzonlashdi.
Qaynoq24.uz 17-dekabr kuni oltin quymalari qanday narxda sotilishi haqida yozgan edi.

