18-fevral kuni mamlakat hududida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Aksariyat viloyatlarda havo o‘zgaruvchan bulutli bo‘ladi.
Toshkent shahrida shamol sharqdan 3–8 m/s tezlikda esadi. Kechasi harorat 8–10 daraja iliq, kunduzi 20–22 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston va Xorazmda shamol kuchliroq esadi. Ayrim hududlarda tezlik 20–23 m/s gacha yetishi mumkin. Kechasi 3–8 daraja iliq, kunduzi 15–20 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 8–13 daraja iliq, kunduzi 20–25 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida ham ba’zi hududlarda ertalab tuman kuzatiladi. Kechasi 8–13 daraja iliq, kunduzi 20–25 daraja iliq bo‘lishi prognoz qilinmoqda.
Qashqadaryo va Surxondaryoda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 8–13 daraja iliq, kunduzi 20–25 darajagacha ko‘tariladi.
Andijon, Namangan va Farg‘onada shamol 5–10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5–10 daraja iliq, kunduzi 16–21 daraja iliq bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sel-suv toshqin xavfi mavjud. Kechasi 0–5 daraja iliq, kunduzi 10–15 daraja iliq bo‘ladi.

