19-dekabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi

Foto: Yandex
Jonibek Juraqulov
3 Daqiqa o‘qish

O‘zbekistonda 19-dekabr kuni ob-havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Bu haqda O‘zgidromet agentligi xabar bermoqda.

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Kechasi va ertalab biroz qor yog‘ishi, ayrim hududlarda tuman tushishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Yo‘llarning ayrim qismlarida yaxmalak kuzatiladi. Shamol g‘arbdan sekundiga 3–8 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 0–2 daraja sovuq, kunduzi esa 1–3 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi, biroq ayrim joylarda tuman tushishi ehtimoli bor. Shamol g‘arbdan 7–12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 9–14 daraja sovuq bo‘ladi, Ustyurt hududlarida esa ayrim joylarda 15–18 darajagacha sovuq kuzatilishi mumkin. Kunduzi havo harorati 2 daraja sovuqdan 3 daraja iliqqacha bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham havo o‘zgaruvchan bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim hududlarda tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 metr tezlikda esadi. Kechasi harorat 3–8 daraja sovuqni tashkil etadi, cho‘l hududlarining shimoliy qismida esa 10–13 darajagacha sovuq bo‘lishi mumkin. Kunduzi havo 3–8 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarida kechasi va ertalab ayrim joylarda biroz qor yog‘ishi ehtimoli bor. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi hududlarda tuman tushishi va yo‘llarda yaxmalak kuzatilishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 0–5 daraja sovuq, kunduzi esa 0–5 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik asosan kutilmaydi, biroq kechga tomon yomg‘ir yog‘ishi, ayrim joylarda qor bilan aralashishi mumkin. Tuman tushishi ehtimoli mavjud. Shamol g‘arbdan 7–12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 daraja sovuqdan 3 daraja iliqqacha, kunduzi esa 4–9 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida kechasi va ertalab ayrim hududlarda yomg‘ir va qor yog‘ishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Tuman tushishi va yo‘llarda yaxmalak kuzatilishi ehtimoli bor. Shamol g‘arbdan 5–10 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 daraja sovuqdan 3 daraja iliqqacha, kunduzi esa 0–5 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘lib, vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi. Ayrim joylarda tuman tushishi, yo‘llarda yaxmalak kuzatilishi mumkin. Mutaxassislar tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi yuqori ekanidan ogohlantirmoqda. Shamol g‘arbdan 7–12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 2–7 daraja sovuq, kunduzi esa 3 daraja sovuqdan 2 daraja iliqqacha bo‘ladi.

Qaynoq24.uz 18-dekabr kuni qanday ob-havo kuzatilishi haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.