2-fevral kuni oltin quymalari qanday narxda sotiladi

Foto: Unsplash
Jonibek Juraqulov
2 Daqiqa o‘qish

O‘zbekistonda 2-fevral kuni oltin quymalarining narxlari yangilandi. Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, qimmatbaho metall bo‘yicha sotish va qaytarib sotib olish narxlari qayta ko‘rib chiqildi.

Yangilangan narxlarga muvofiq, 5 gramm oltin quymasining sotish qiymati 9,867 mln so‘mni tashkil etdi. Qadog‘i but holatda qaytarib sotib olish narxi 9,672 mln so‘m, qadog‘i buzilgan yoki texnik talablarga mos kelmaydigan holatda esa 9,574 mln so‘m etib belgilandi.

10 grammli oltin quymasi 19,735 mln so‘mdan sotilmoqda. Ushbu hajmdagi oltinni qaytarib sotib olish narxi qadog‘i but holatda 19,344 mln so‘m, qadog‘i buzilgan holda esa 19,149 mln so‘mni tashkil etdi.

20 gramm oltin quymasi uchun sotish narxi 39,469 mln so‘m etib belgilandi. Qaytarib sotib olish narxlari mos ravishda 38,688 mln so‘m va 38,297 mln so‘mni tashkil qilmoqda.

50 grammli oltin quymasi 98,674 mln so‘mdan sotilmoqda. Qadog‘i saqlangan holatda qaytarib sotib olish narxi 96,720 mln so‘m, qadog‘i buzilgan holatda esa 95,743 mln so‘m bo‘ldi.

100 gramm oltin quymasining sotish qiymati 197,347 mln so‘mni tashkil etdi. Qaytarib sotib olishda bu hajmdagi oltin qadoqi but holatda 193,439 mln so‘m, qadog‘i buzilgan holda 191,485 mln so‘mga baholanmoqda.

Markaziy bank qayd etishicha, oltin quymalari narxlari xalqaro qimmatbaho metallar bozori konyunkturasidan kelib chiqib, kun davomida qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.

Qaynoq24.uz 2-fevral kuni valyutalar kursi qanday qiymatda bo‘lishi haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.