2025-yil davomida respublika hududida 3 ta yangi masjid hamda Navoiy viloyatida joylashgan 1 ta noislomiy diniy tashkilot davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda mamlakat bo‘yicha jami 2 148 ta masjid va 199 ta noislomiy diniy tashkilot faoliyat olib bormoqda.
Diniy tashkilotlar faoliyati amaldagi qonunchilik asosida yo‘lga qo‘yilgan.

