2025-yilda O‘zbekistonda elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi olti foizga oshdi

Foto: Pexels
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2025-yilda O‘zbekistonda elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi 86,7 milliard kilovatt-soatni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2024-yildagi 81,5 milliard kilovatt-soatga nisbatan qariyb olti foizga yuqori.

Hisobot davrida “yashil” energiya ulushi sezilarli darajada oshdi. Quyosh, shamol va gidroelektr stansiyalar orqali jami 16,8 milliard kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Ushbu yo‘nalishdagi o‘sish 2024-yilga nisbatan yigirma to‘qqiz foizni tashkil etdi.

Xususan, faqat quyosh va shamol elektr stansiyalari hissasiga 10,5 milliard kilovatt-soat to‘g‘ri keldi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan ikki baravardan ortiq oshgan.

Yashil energiya ishlab chiqarish hajmining kengayishi natijasida 3,2 milliard kub metr tabiiy gaz tejaldi. Shuningdek, atmosferaga chiqariladigan zararli moddalarning 4,7 million tonnaga yaqin qismi oldi olindi.

Qaynoq24.uz ijara xizmatlari hajmining qariyb yarmi avtomobillar ijarasiga to‘g‘ri kelgani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.