2025-yilda Rossiyadan O‘zbekistonga benzin eksporti 500 ming tonnadan oshdi

Foto: Unsplash
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

2025-yilda Rossiyadan O‘zbekistonga olib kirilgan benzin hajmi 510 ming tonnani tashkil etdi. O‘zbekiston Rossiyadan temir yo‘l orqali yetkazib beriladigan yoqilg‘ining eng yirik iste’molchi davlatlaridan biriga aylandi. Bu haqda «Kommersant» nashri xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025-yilda Rossiyadan temir yo‘l orqali jami 2,6 mln tonna benzin eksport qilingan. Ushbu hajmning salmoqli qismi Markaziy Osiyo mamlakatlariga to‘g‘ri kelgan. O‘zbekistondan tashqari Qirg‘iziston 526 ming tonna, Mongoliya 820 ming tonna, Tojikiston esa 406 ming tonna yoqilg‘i import qilgan.

Yil oxiriga kelib benzin yetkazib berish hajmlarida pasayish qayd etilgan. Xususan, dekabr oyida temir yo‘l orqali eksport 209 ming tonnani tashkil etib, noyabrga nisbatan 22 foizga, 2024-yil dekabri bilan solishtirganda esa 36 foizga qisqargan. Mutaxassislar bu holatni Markaziy Osiyo davlatlari uchun belgilangan bojxona bojsiz benzin importi bo‘yicha yillik kvotalarning tugashi bilan izohlamoqda.

Rossiyaning dengiz orqali benzin eksporti ham 2025-yilda sezilarli darajada kamaygan. O‘tgan yilga nisbatan ko‘rsatkich 40 foizga qisqarib, 2,1 mln tonnani tashkil etgan. Bunga bir necha oy davom etgan xorijga benzin yetkazib berishga oid cheklovlar sabab bo‘lgan. Shunga qaramay, Rossiya benzini uchun asosiy dengiz bozorlari sifatida Misr va Turkiya yetakchi yo‘nalish bo‘lib qolgan.

Qaynoq24.uz «O‘zbekneftgaz» birjada benzin yetkazib berishni oshirishi haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.