Apple 2025-yil uchun yangi avlod iPhone modellari savdoga chiqarilishi bilan bozorda sezilarli yangilanish yuz berdi. iPhone 17 seriyasi — dizayn, unumdorlik, SI imkoniyatlari va batareya samaradorligi bo‘yicha hozirgacha taqdim etilgan eng kuchli lineyka sifatida e’tirof etilmoqda. Maqolada turli budjet va ehtiyojlar uchun eng yaxshi iPhone smartfonlari va ularning batafsil imkoniyatlari keltiriladi.
iPhone 17 Pro Max

Yangi iPhone 17 Pro Max Apple tarixidagi eng uzoq muddat xizmat qiladigan batareyaga ega bo‘ldi. Yangilangan dizayn Apple’ga kattaroq batareya o‘rnatish imkonini berdi va bu qurilmaga rekord darajadagi avtonomlik taqdim etdi. Yangi avlod protsessor esa o‘yinlar, grafik ishlov berish va AI funksiyalari uchun mislsiz quvvat beradi.
Kameralar ham sezilarli darajada yaxshilangan bo‘lib, yorqin, rang-barang va tiniq suratlar oladi. Premium tajriba izlayotgan foydalanuvchilar uchun 2025-yilning eng yaxshi tanlovi — aynan shu model.
iPhone 17

Apple bu yil o‘zining asosiy modelini sezilarli darajada kuchaytirdi. iPhone 17 endi ProMotion 120 Gts displeyga va bazaviy versiyada darhol 256 GB xotiraga ega. Yangi chipset, yaxshilangan ultrakeng kamera va yanada ravon ishlash — barchasi eski narxda qolgan.
Byudjeti cheklangan, ammo zamonaviy imkoniyatlardan voz kechmoqchi bo‘lmaganlar uchun iPhone 17 eng maqbul tanlovdir.
iPhone 17 Pro

iPhone 17 Pro avvalgidek Pro Max’ning “kichikroq” varianti bo‘lib, bu safar farq juda ham qisqargan. 256 GB xotira endi standart bo‘lib, yangi 1 099 dollarlik boshlang‘ich narxni oqlaydi. Model Pro Max’ning barcha quvvatiga, professional kamera imkoniyatlariga va ProMotion displeyiga ega, lekin ko‘proq qulay o‘lchamda.
Ixcham, ammo kuchli flagman izlayotganlar uchun eng yaxshi variant.
iPhone Air

Apple 2025-yilda mutlaqo yangi segment — iPhone Air modelini taqdim etdi. Atigi 5,64 mm qalinlikka ega bo‘lgan bu qurilma kompaniya tarixidagi eng yupqa iPhone hisoblanadi. Bunday o‘lchamga erishish uchun Apple ayrim texnik yechimlardan voz kechgan bo‘lsa-da, qurilma baribir yuqori unumdorlik va mustahkamlikni ta’minlay oladi.
Yengil, zamonaviy va dizaynga ustuvorlik beradigan foydalanuvchilar uchun mo‘ljallangan.
iPhone 16e

iPhone 16e — Apple SE liniyasining zamonaviy ko‘rinishga ega davomchisi bo‘lib, endi A18 chipsetiga ega. Bu unga Apple Intelligence sun’iy intellekt funksiyalarini to‘liq qo‘llash imkonini beradi. Narxi o‘sgan bo‘lsa-da, byudjet segmentidagi iPhone uchun bu juda katta yangilik.
Ko‘proq imkoniyat — kamroq narx izlayotgan foydalanuvchilar uchun ideal tanlov.
iPhone 16

Yangi 17-seriya chiqishi bilan iPhone 16 narxi 100 dollarga pasaytirildi. Endi u budjetga yo‘naltirilgan, ammo mustahkam kamera tizimiga ega arzonroq variant sifatida dolzarbligini saqlab turibdi. 16e modeliga nisbatan kamerasi kuchliroq bo‘lgani uni maqbul tanlovga aylantiradi.
Yangi modellar sizni qiziqtirmasa, iPhone 16 hali ham ishonchli va qulay variant.
Qaynoq24.uz 2025-yilning eng yaxshi smartfonlari e’lon qilingani haqida yozgan edi.

