2026-yil 1-aprelidan boshlab tibbiyot xodimlari besh kunlik ish rejimiga o‘tadi. Bu haqda prezidentning tegishli qarori qabul qilindi.
2026-yil 1-yanvardan yangi rag‘batlar kuchga kiradi. Yangi davolash usullarini joriy qilgan shifokorlar 50 baravar BHM miqdorida mukofot oladi. 15 yillik stajga ega xodimlarning farzandlariga kontraktning 30 foizi qoplab beriladi. Ilmiy maqola chop etish xarajatlari ham to‘liq moliyalashtiriladi. 500 nafar tibbiyot xodimining ipoteka uchun dastlabki to‘lovi 25 foiz miqdorida qoplab beriladi.
Milliy akkreditatsiyadan o‘tgan tibbiyot muassasalari xodimlariga oylik maoshga 10 foiz ustama beriladi. 3 yillik stajga ega xodimlar yiliga bir marta bepul ixtisoslashgan tibbiy yordam oladi. 15 yillik stajga ega xodimlar sanatoriylarga bepul yo‘llanma oladi. Davlat xizmatlari uchun to‘lovlar ikki barobar kamayadi.

Vazirliklarga imtiyozlarni qo‘llash tartibini ishlab chiqish topshirildi. Har yili Jamg‘armaga qo‘shimcha 100 mlrd so‘m ajratiladi.
Shuningdek, 2026-yildan boshlab davlat tibbiyot muassasalari xodimlariga Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan eng kam ish haqiga teng rag‘bat puli beriladi. Har yili “Eng yaxshi shifokor”, “Eng yaxshi poliklinika”, “Eng yaxshi shifoxona” kabi nominatsiyalar bo‘yicha tanlov o‘tkaziladi.
G‘oliblarga 500 mln so‘m va 30 mln so‘mlik mukofotlar beriladi.
Tanlovda alohida ajralib chiqqan rahbarlar faxriy unvonga tavsiya etiladi. Ularni xorijda o‘qitish amaliyoti ham yo‘lga qo‘yiladi.
Qaynoq24.uz nashri O‘zbekistonda giyohvandlikka qarshi jazolar kuchaytirilishi haqida yozgan edi.

