2034-yilgi Jahon chempionati o‘yinlari Saudiya Arabistonidagi osmondagi stadionda o‘tkaziladi

Foto: PA
Mohinur Rajabova
2 Daqiqa o‘qish

Saudiya Arabistoni 2034-yilgi FIFA Jahon chempionatiga tayyorgarlikni ilgari hech kim ko‘rmagan darajada olib bormoqda. Neom shahridagi “The Line” loyihasiga kiruvchi “Sky Stadium” (Osmon stadioni) 350 metr balandlikda quriladi.

$1 mlrd qiymatga ega bu inshoot dunyodagi birinchi osmon stadioni bo‘lib, 15 ta musobaqa mezbon stadionlaridan biri bo‘ladi.

Foto: PA

Loyiha 2027-yilda boshlanadi, 2032-yilda yakunlanadi. 46 ming tomoshabinga mo‘ljallangan stadion guruh bosqichidan chorak finalgacha bo‘lgan o‘yinlarga mezbonlik qiladi. Turnirdan so‘ng esa u yil davomida sport va ko‘ngilochar markaz sifatida ishlatiladi.

Osmon stadioni o‘zining keskin geometrik shakllari, yaltirab turgan oynavand devorlari va yorug‘lik elementlari bilan ajralib turadi. Tom qismi shisha bo‘laklarini eslatadi, ichki joylashuvi esa maksimal akustika va ko‘rish qulayligini ta’minlaydi.

Video: Ijtimoiy tarmoq

Eng muhimi, stadion to‘liq qayta tiklanuvchi energiya manbalari bilan ishlaydi. Tomoshabinlar elektr transport vositalarida harakatlanadi, atrofida mehmonxonalar, o‘quv maydonlari va do‘konlar joylashadi. Maqsad – innovatsiya va hashamatni saqlagan holda uglerod chiqindisiz muhit yaratish.

Neom stadioni Jahon chempionati uchun Saudiya Arabistonida rejalashtirilgan 15 stadiondan biridir. Ular Riyoz, Jidda, Al Xobar, Abha va Neom hududlarida quriladi. Umumiy qiymati $20 mlrddan oshadigan bu loyihalar mamlakatning sport infratuzilmasini yangi bosqichga olib chiqadi.

Riyozdagi 92 ming o‘rinli “King Salman International Stadium” ochilish va final o‘yinlarini qabul qiladi. Qiddiyada joylashgan “Prince Mohammed bin Salman Stadium” esa tog‘ etagida joylashgan bo‘lib, harakatlanuvchi tom va maydonga ega bo‘ladi.

Neomdagi osmon stadioni o‘yinlarni yer sathidan 350 metr balandlikda o‘tkazish orqali sport arxitekturasi tarixida yangi sahifa ochadi.

Qaynoq24.uz nashri O‘zbekiston FIFA reytingida 55-o‘ringa tushgani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.