Markaziy bank tomonidan 21-noyabr uchun valyutalar kursi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, AQSh dollari 11 914,67 so‘m etib belgilandi. Kurs bir kunda 3,74 so‘mga oshdi.
Yevro kursi 13 735,23 so‘m bo‘lib, 49,29 so‘mga pasaydi. Rossiya rubli esa 148,27 so‘m bo‘ldi va 0,78 so‘mga ko‘tarildi. Angliya funt sterlingi 15 584,39 so‘m etib belgilandi, kurs 51,09 so‘mga kamaydi.
Yapon iyenasi 75,80 so‘m bo‘lib, 0,57 so‘mga pasaydi. Shveytsariya franki 14 789,81 so‘m, bir kunda 72,84 so‘mga tushdi. Xitoy yuani esa 1 674,58 so‘m bo‘lib, 0,56 so‘mga pasaydi.
Avvalroq Qaynoq24.uz nashri 20-noyabrda oltin quymalari qanday narxda sotilishi haqida yozgan edi.

