21-oktabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi

Foto: UzDaily.uz
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

21-oktabr kuni O‘zbekistonda ob-havo asosan iliq va biroz bulutli bo‘ladi. “O‘zgidromet”ning qayd etishicha, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Toshkent shahrida shamol sharqdan 3–8 m/s esadi. Harorat kechasi 9–11°, kunduzi 23–25° bo‘ladi. Qoraqalpog‘iston va Xorazmda havo biroz bulutli bo‘ladi. Shamol sharqdan 7–12 m/s. Kechasi 2–7° iliq, kunduzi 18–23°.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida yog‘in bo‘lmaydi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Kechasi 5–10°, kunduzi 23–28° iliq bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo barqaror, shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 6–11°, kunduzi 23–28° atrofida bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ham havo quruq, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Kechasi harorat 8–13°, kunduzi 25–30° iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi. Shamol sharqdan 5–10 m/s tezlikda esadi. Kechasi 5–10°, kunduzi 21–26° iliq bo‘lishi kutilmoqda.

Tog‘li hududlarda esa yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 4–9°, kunduzi 18–23° bo‘ladi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.