21-oktabr uchun oltin quymalari narxi e’lon qilindi

Foto: Barclays
Mohinur Rajabova
2 Daqiqa o‘qish

O‘zbekiston Markaziy banki 21-oktabr holatiga ko‘ra o‘lchovli oltin quymalarining sotuv narxlarini yangiladi.

Unga ko‘ra, 5 grammli quymaning narxi 8 693 000 so‘mni tashkil etmoqda. 10 grammli quymaning narxi — 17 386 000 so‘m, 20 grammli quymaniki — 34 772 000 so‘m etib belgilandi. 50 grammli quymaning narxi 86 931 000 so‘m, 100 grammli quymaniki esa 173 861 000 so‘mni tashkil etadi.

Jadval:

Quymaning og‘irligiNarxi (so‘m)
5 g8 693 000 so‘m
10 g17 386 000 so‘m
20 g34 772 000 so‘m
50 g86 931 000 so‘m
100 g173 861 000 so‘m

Grafik:

Markaziy bank izohiga ko‘ra, oltinning xalqaro bozordagi o‘zgarishlariga qarab narxlar kun davomida qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.

21-oktabr tongidagi holatga ko‘ra, xalqaro bozorda oltin narxi 1 unsiya uchun $4 342,14 ni tashkil etib, kun davomida 0,21 dollarga yoki 0,00 foizga pasaydi. Shu paytda kumush narxi esa 1 unsiya uchun $51,94 bo‘lib, 0,34 dollarga yoki 0,65 foizga tushdi.

So‘nggi 30 kun ichida oltin narxi 16,1 foizga, so‘nggi olti oyda esa 27,43 foizga oshgan. Yillik o‘sish 58,14 foizni, so‘nggi besh yilda 127,83 foizni, oxirgi yigirma yilda esa 835,12 foizni tashkil etgan.

Kumush narxi ham sezilarli o‘sishni ko‘rsatmoqda. So‘nggi 30 kun ichida 19,02 foiz, olti oyda 58,68 foiz, bir yilda 50,07 foiz, besh yilda 111,39 foiz va so‘nggi yigirma yilda 586,75 foizga oshgan.

Qaynoq24.uz nashri 20-oktabr uchun oltin quymalari narxi e’lon qilingani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.