Markaziy bank tomonidan 21-yanvar uchun valyutalar kursi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, AQSh dollari 21,58 so‘mga ko‘tarilib, 12 073,29 so‘mni tashkil etdi.
Yevro kursi esa 149,44 so‘mga oshib, 14 158,35 so‘mga yetdi.
Rossiya rubli 0,47 so‘mga ko‘tarilib, 155,16 so‘m bo‘ldi. Buyuk Britaniya funti 112,24 so‘mga qimmatlashib, 16 268,76 so‘m darajasida belgilandi. Yaponiya iyenasi 0,23 so‘mga oshib, 76,54 so‘mni tashkil qildi.
Shveysariya franki kun davomida eng katta o‘sishni ko‘rsatib, 183,78 so‘mga ko‘tarildi va 15 271,05 so‘mga yetdi. Xitoy yuani ham 4,14 so‘mga oshib, 1 734,84 so‘m etib belgilandi.
Qaynoq24.uz 20-yanvar kuni oltin quymalarining narxi yangilangani haqida yozgan edi.

