22-dekabr kuni valyutalar kursi qanday qiymatda bo‘ladi

Foto: Pexels
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Markaziy bank tomonidan 22-dekabr uchun valyutalar kursi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, dollar kursi 11 996,14 so‘mni tashkil etdi va oldingi kunga nisbatan 25,47 so‘mga arzonlashdi.

Yevro kursida ham pasayish kuzatildi. Yevropa Ittifoqi valyutasi 14 051,08 so‘mga tushib, 41,85 so‘mga arzonladi. Rossiya rubli ham bugun salbiy dinamikani namoyish etdi. Rubl kursi 148,54 so‘mni tashkil qilib, 1,9 so‘mga pasaydi.

Britaniya funti esa aksincha, o‘sish ko‘rsatdi. Bugungi savdolarda funt sterling 16 053,23 so‘mga yetib, 5,58 so‘mga qimmatlashdi.

Yaponiya iyenasi kursi pasayishda davom etdi. Iyenaning rasmiy kursi 76,31 so‘mni tashkil etib, 0,78 so‘mga tushdi. Shuningdek, Shveysariya franki ham 15 085,69 so‘mgacha arzonlab, 5,46 so‘mlik pasayishni qayd etdi.

Xitoy yuani ham bugun manfiy dinamikada bo‘ldi. Yuan kursi 1 703,80 so‘mni tashkil qilib, 3,5 so‘mga pasaydi.

Qaynoq24.uz 19-dekabr kuni oltin quymalari qanday narxda sotilishi haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.