22-oktabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi

Foto: Uzbekistan Travel
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

O‘zgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, 22-oktabr kuni ob-havo barqaror bo‘lib, mamlakat bo‘ylab havo biroz bulutli iqlim kuzatiladi. Aksar hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Toshkent shahrida havo biroz bulutli, shamol sharqdan 3–8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10–12°, kunduzi 25–27° bo‘ladi. Qoraqalpog‘iston va Xorazmda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat kechasi 3–8°, kunduzi 20–25° bo‘ladi.

Buxoro va Navoiyda yog‘ingarchilik kutilmaydi, shamol sharqdan 7–12 m/s. Harorat kechasi 8–13°, kunduzi 25–30° bo‘ladi. Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida ham havo biroz bulutli. Harorat kechasi 8–13°, kunduzi 23–28° bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida harorat kechasi 9–14°, kunduzi 25–30° bo‘ladi. Andijon, Namangan va Farg‘onada havo biroz bulutli, shamol sharqdan 5–10 m/s, harorat kechasi 7–12°, kunduzi 23–28° bo‘lishu kutilmoqda.

Tog‘li hududlarda kechasi 5–10°, kunduzi 18–23° bo‘ladi.

Qaynoq24.uz internet nashri 21-oktabr kuni qanday ob-havo kuzatilishi haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.