Markaziy bank tomonidan 22-yanvar uchun oltin quymalarining narxlari e’lon qilindi. Unga ko‘ra, 5 gramm oltinning sotish narxi 9 717 000 so‘mni tashkil etadi.
Agar oltin but holatda qaytarilsa, uning narxi 9 340 000 so‘m bo‘ladi, buzilgan yoki texnik talablarga mos kelmaydigan holatda esa 9 245 000 so‘mga baholanadi.
10 gramm oltinning sotish narxi 19 434 000 so‘mga teng. But holatda qaytarilsa, narxi 18 679 000 so‘m, buzilgan holatda esa 18 490 000 so‘m bo‘ladi. 20 gramm oltin sotish narxi 38 868 000 so‘mni tashkil qiladi. But holatda qaytarilganida 37 358 000 so‘m, buzilgan holatda esa 36 981 000 so‘mga sotiladi.
50 gramm oltinning sotish narxi 97 169 000 so‘m, qaytarib sotib olish narxi esa but holatda 93 395 000 so‘m va buzilgan holatda 92 452 000 so‘m bo‘ladi. 100 gramm oltinning sotish narxi 194 338 000 so‘mga teng. But holatda qaytarilsa, narxi 186 791 000 so‘m, buzilgan holatda esa 184 904 000 so‘mni tashkil etadi.
Qaynoq24.uz 22-yanvar uchun valyutalar kursi e’lon qilingani haqida yozgan edi.

