O‘zbekiston hududida 22-yanvar kuni ob-havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Bu haqda O‘zgidromet agentligi ma’lum qildi.
Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 5–10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 0–2° iliq bo‘ladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim hududlarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10–15° sovuq, kunduzi 0–5° sovuq bo‘ladi. Ustyurt hududida kechasi 20–22° sovuqqacha pasayadi.
Xorazm viloyatida kechasi va ertalab ba’zi joylarda biroz qor yog‘adi. Tuman ehtimoli bor. Harorat kechasi 8–13° sovuq, kunduzi 0–5° sovuq bo‘ladi. Buxoro va Navoiy viloyatlarida ba’zi joylarda qor yog‘adi. Shamol ayrim hududlarda 15–20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0–5° sovuq, cho‘l hududlarida 13–15° sovuqqacha, kunduzi 3° sovuqdan 2° iliqqacha bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida qor yog‘adi. Shamol vaqti-vaqti bilan kuchayadi. Harorat kechasi va kunduzi 2° sovuqdan 3° iliqqacha bo‘ladi. Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ham qor yog‘ishi kutilmoqda. Shamol ayrim paytlarda kuchayadi. Harorat 2° sovuqdan 3° iliqqacha bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida yomg‘ir va qor yog‘ishi mumkin. Tuman tushishi ehtimoli bor. Harorat kechasi 2° sovuqdan 3° iliqqacha, kunduzi 0–5° iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida qor yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi, qor ko‘chishi xavfi mavjud. Harorat kechasi 2–7° sovuq, kunduzi 0–5° sovuq bo‘ladi.
Qaynoq24.uz 21-yanvar kun i qanday ob-havo kuzatilishi haqida yozgan edi.

