23-oktabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi

Foto: Uzbekistan travel
Mohinur Rajabova
2 Daqiqa o‘qish

O‘zbekiston Gidrometeorologiya xizmati markazi tomonidan 23-oktabr uchun ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi. Prognozga ko‘ra, mamlakatning ko‘p hududlarida havo biroz bulutli bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Toshkent shahrida havo biroz bulutli va o‘zgaruvchan bo‘ladi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi, shamol sharqdan 3–8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 11–13 daraja, kunduzi esa 26–28 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgaruvchan, kechasi va ertalab ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi. Harorat kechasi 5–10 daraja, kunduzi 21–26 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi, harorat kechasi 8–13 daraja, kunduzi 23–28 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida ham havo biroz bulutli bo‘lib, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Harorat kechasi 8–13 daraja, kunduzi 23–28 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo ochiq, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 8–13 daraja, kunduzi 25–30 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5–10 m/s tezlikda esadi, harorat kechasi 8–13 daraja, kunduzi 23–28 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi, harorat kechasi 5–10 daraja, kunduzi 18–23 daraja iliq bo‘ladi.

Qaynoq24.uz nashri 22-oktabr kuni qanday ob-havo kuzatilishi haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.