24-dekabr kuni valyutalar kursi qanday qiymatda bo‘ladi

Foto: Pexels
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Markaziy bank tomonidan 24-dekabr uchun valyutalar kursi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, AQSh dollari 12 052,33 so‘m etib belgilanib, avvalgi kunga nisbatan 41,9 so‘mga qimmatlashdi. Yevro kursi 14 213,31 so‘mni tashkil etib, 125,08 so‘mga oshdi.

Rossiya rubli 153,71 so‘mga yetib, 2,46 so‘mlik o‘sishni ko‘rsatdi. Buyuk Britaniya funti 16 277,88 so‘m etib belgilandi va 153,88 so‘mga qimmatlashdi. Yaponiya iyenasi 77,28 so‘mni tashkil etib, 1 so‘mga ko‘tarildi.

Shuningdek, Shveysariya franki 15 287,08 so‘mga teng bo‘lib, 149,15 so‘mlik o‘sish qayd etildi. Xitoy yuani esa 1 714,88 so‘m darajasiga chiqib, 8,13 so‘mga oshdi.

Qaynoq24.uz 23-dekabr kuni oltin quymalari qanday narxda sotilishi haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.