O‘zbekiston hududida 24-fevral kuni ob-havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Bu haqda O‘zgidromet agentligi xabar bermoqda.
Toshkent shahrida kunning ikkinchi yarmida biroz yomg‘ir ehtimoli bor. Kechasi havo 4–9° iliq bo‘ladi, kunduzi esa 14–16° iliqqacha isiydi.
Qoraqalpog‘iston va Xorazmda ayrim joylarda yomg‘ir va qor yog‘ishi mumkin. Shamol kuchayib, ba’zi hududlarda chang-to‘zon kuzatiladi. Kechasi 3° sovuqdan 2° iliqqacha, kunduzi 2–7° iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi. Harorat kechasi 3–8° iliq, kunduzi 13–18° iliq atrofida bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida yog‘ingarchilik deyarli kutilmaydi. Faqat Toshkent viloyatining ayrim joylarida yomg‘ir bo‘lishi mumkin. Kunduzi 13–18° iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryoda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kunduzi 18–23° iliqqacha ko‘tariladi.
Farg‘ona vodiysida yog‘ingarchilik kutilmaydi, ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Harorat 13–18° iliq bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir va qor yog‘adi. Kechasi 0–5° sovuq, kunduzi 3–8° iliq bo‘lishi prognoz qilinmoqda.

