24-fevral kuni valyutalar kursi qanday qiymatda bo‘ladi

Foto: Pexels
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Markaziy bank tomonidan 24-fevral uchun valyutalar kursi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, AQSh dollari 23,34 so‘mga ko‘tarilib, 12 236,13 so‘mni tashkil etdi.

Yevro kursi ham oshdi. Yevropa valyutasi 28,77 so‘mga qimmatlab, 14 439,86 so‘mga yetdi. Britaniya funt sterlingi esa eng katta o‘sishni ko‘rsatib, 36,42 so‘mga ko‘tarildi va 16 529,79 so‘mni tashkil qildi.

Shveysariya franki 7,71 so‘mga o‘sib, 15 802,83 so‘mga teng bo‘ldi. Xitoy yuani ham 3,38 so‘mga qimmatlab, 1 771,12 so‘m etib belgilandi. Yaponiya iyenasi 0,15 so‘mga oshib, 79,04 so‘mni tashkil qildi.

Rossiya rubli esa aksincha pasaydi. Rubl kursi 0,42 so‘mga tushib, 159,10 so‘m etib belgilandi.

Qaynoq24.uz 23-fevral kuni oltin quymalari qanday narxda sotilishi haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.