O‘zbekiston hududida 24-oktabr kuni havo biroz bulutli, asosan o‘zgaruvchan bo‘ladi. Respublika bo‘ylab yog‘ingarchilik bo‘lmaydi, shamol sharqdan esadi.
Toshkentda havo biroz bulutli bo‘lib, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Shamol 3–8 m/s tezlikda esadi, harorat kechasi 11–13°, kunduzi 26–28° bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston va Xorazmda havo o‘zgaruvchan, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7–12 m/s, harorat kechasi 3–8°, kunduzi 21–26° atropida bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham biroz bulutli ob-havo saqlanadi. Kechasi 8–13°, kunduzi 23–28° issiq bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7–12 m/s, harorat kechasi 10–15°, kunduzi 25–30° bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryoda havo biroz bulutli, yog‘in kuzatilmaydi. Kechasi 10–15°, kunduzi 25–30° issiq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida ham havo biroz bulutli. Shamol 5–10 m/s, harorat kechasi 8–13°, kunduzi 23–28° bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda esa havo biroz bulutli, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi 5–10°, kunduzi 18–23° issiq bo‘lishi prognoz qilinmoqda.
Qaynoq24.uz nashri 23-oktabrda qanday ob-havo kuzatilishi haqida yozgan edi.

