2025-yil 25-dekabr uchun ob-havo prognozi ma’lum qilindi. Bu haqda O‘zgidromet xabar bermoqda.
Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan sekundiga 3–8 metr tezlikda esadi. Havo harorati kechasi 0–2 daraja iliq, kunduz kuni esa 10–12 daraja iliq bo‘lishi prognoz qilinmoqda.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida havo o‘zgaruvchan bo‘lib, ayrim hududlarda yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik kuzatilishi, shuningdek tuman tushishi mumkin. Shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan g‘arbga o‘tadi va tezligi sekundiga 7–12 metrni tashkil etadi. Kechasi havo harorati 3 daraja sovuqdan 2 daraja iliqqacha, kunduz kuni esa 0–5 daraja iliq bo‘ladi.
Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi, ammo ba’zi joylarda tuman tushishi ehtimoli bor. Shamol sharqdan 7–12 metr tezlikda esadi. Kechasi harorat 3 daraja sovuqdan 2 daraja iliqqacha, kunduz kuni 2–7 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham havo o‘zgaruvchan bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim hududlarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan sekundiga 7–12 metr tezlikda esadi. Kechasi harorat 1 daraja sovuqdan 4 daraja iliqqacha, kunduz kuni 7–12 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.
Toshkent, Sirdaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanadi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr tezlikda esadi. Kechasi harorat 0–5 daraja iliq bo‘lib, ayrim hududlarda 3 daraja sovuqqacha pasayishi mumkin. Kunduz kuni esa 8–13 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr tezlikda esadi. Kechasi havo harorati 0–5 daraja iliq, kunduz kuni 8–13 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida ham yog‘ingarchilik kutilmaydi, ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5–10 metr tezlikda esadi. Kechasi harorat 2 daraja sovuqdan 3 daraja iliqqacha, kunduz kuni esa 3–8 daraja iliq bo‘lishi prognoz qilinmoqda.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr tezlikda esib, ayrim joylarda 13–18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi harorat 1–6 daraja sovuq, kunduz kuni 3–8 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.
Qaynoq24.uz 24-dekabrda qanday ob-havo kuzatilishi haqida yozgan edi.

