Markaziy bank tomonidan 25-noyabr uchun valyutalar kursi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, dollar 11 988,32 so‘mni tashkil etdi va 16,92 so‘mga oshdi.
Yevro kursi ko‘tarilib, 13 822,53 so‘mga yetdi (+25,49 so‘m). Rossiya rubli esa 152,02 so‘m bo‘lib, 0,21 so‘mga o‘sdi.
Buyuk Britaniya funti 15 692,71 so‘m etib belgilandi va kun davomida 55,67 so‘mga qimmatlashdi. Yaponiya iyenasi 76,48 so‘m bo‘lib, 0,11 so‘mga ko‘tarildi. Shveytsariya franki esa biroz pasayib, 14 851,73 so‘mni tashkil qildi (-10,34 so‘m). Xitoy yuani 1 686,74 so‘m bo‘ldi va 3,05 so‘mga ko‘tarildi.
Avvalroq Qaynoq24.uz nashri 24-noyabr kuni oltin quymalari qanday narxlarda sotilishi haqida yozgan edi.

