DXX ma’lum qilishicha, 25 yildan ortiq qidiruvda bo‘lgan xalqaro terroristik tashkilot a’zosi o‘zbekistonga olib kelindi.
Mazkur shaxs, diniy ekstremistik oqim g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlab, «hijrat» va «jihad» qilishni maqsad qilgan holda, 1999-yilda O‘zbekistondan chiqib, Afg‘oniston, Pokiston va Suriyadagi xalqaro terroristik tashkilotlar safida jangovar harakatlarda ishtirok etgan. Ushbu shaxs, o‘zining nomiga rasmiylashtirilgan soxta hujjatlar bilan yashiringan holda, MDHga a’zo davlatlardan birida qo‘lga olingan.

Hozirda unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 154-moddasi (yo‘llanish), 155-moddasi (terrorizm), 159-moddasi (O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish) va boshqa moddalar bilan qo‘zg‘atilgan jinoiy ish doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.
Qaynoq24.uz kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy savdosi bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olingani haqida yozgan edi.

