O‘zbekistonda 26-noyabr kuni ob-havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda O‘zgidromet xabar bermoqda.
Toshkentda shamol sharqdan esadi, tezligi 3-8 metrni tashkil etadi, harorat kechasi 3-5 daraja iliq, kunduzi 15-17 daraja iliq bo‘ladi. Qoraqalpog‘iston va Xorazmda ham havo o‘zgaruvchan, yog‘in bo‘lmaydi, sharqiy shamol 7-12 metr tezlikda esadi, kechasi 3 daraja sovuqdan 2 daraja iliqqacha, kunduzi 12-17 daraja iliqqacha bo‘ladi.
Buxoro va Navoiyda havo yog‘insiz, sharqiy shamol 7-12 metr tezlikda esadi, kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi. Toshkent, Samarqand, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘lib, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi, shamol sharqdan 7-12 metr tezlikda esadi, kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 14-19 daraja iliqqacha ko‘tariladi.
Qashqadaryo va Surxondaryoda ham havo yog‘insiz o‘tadi, shamol sharqdan 7-12 metr tezlikda esadi, kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi. Andijon, Namangan va Farg‘onada havo o‘zgaruvchan, yog‘in kutilmaydi, ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin, sharqiy shamol 5-10 metr tezlikda esadi, harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 11-16 daraja iliq bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda ham havo o‘zgaruvchan bo‘lib, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi, sharqdan esayotgan shamol 7-12 metr tezlikda bo‘ladi, harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliqni tashkil etadi.
Avvalroq Qaynoq24.uz nashri 25-noyabr kuni Toshkent havosi qanday bo‘lishi haqida yozgan edi.


Changku hamma joy